BO'LAJAK PEDAGOGLARNING TEXNOLOGIK KOMPETENTLIGI: MAZMUNI, TARKIBIY KOMPONENTLARI VA ILMIY-NAZARIY TALQINLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada bo‘lajak pedagoglarning texnologik kompetentligi tushunchasi, uning mazmun-mohiyati, kasbiy kompetentlik tizimidagi o‘rni hamda tarkibiy komponentlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Raqamli transformatsiya sharoitida pedagogik faoliyatning mazmuni tubdan o‘zgarib borayotgani, ta’lim jarayonida raqamli platformalar, elektron resurslar, interaktiv topshiriqlar, sun’iy intellekt yordamchilari va o‘quv analitikasi vositalaridan foydalanish bo‘lajak pedagoglar tayyorgarligiga yangi talablar qo‘yayotgani asoslanadi. Maqolada “kompetensiya”, “kompetentlik”, “kasbiy kompetentlik”, “raqamli kompetentlik” va “texnologik kompetentlik” tushunchalarining o‘zaro aloqadorligi ochib beriladi. Shuningdek, texnologik kompetentlikning motivatsion-qadriyatli, kognitiv, operatsion-faoliyatli, refleksiv-baholovchi va kreativ-loyihalovchi komponentlari mazmuni yoritiladi. Muammoning o‘rganilganlik holati mahalliy va xorijiy ilmiy yondashuvlar asosida tahlil qilinib, texnologik kompetentlikni rivojlantirish bo‘lajak pedagoglarning raqamli-pedagogik faoliyatga tayyorgarligini ta’minlovchi muhim omil ekani asoslab beriladi.



