遇见数据集

EKSKLYUZIV BRANS-DIK WORMHOLESLARINING BARQARORLIK SHARTLARINI ANIQLASH.

收藏
Zenodo2026-06-04 更新2026-06-05 收录
官方服务:

资源简介:

Annotatsiya: Mazkur tezisda Brans–Dicke gravitatsiya nazariyasi doirasida qurilgan wormhole yechimlarining barqarorlik shartlari tahlil qilinadi. Brans–Dicke nazariyasi umumiy nisbiylik nazariyasining skalyar-tensorli umumlashtirilgan ko‘rinishi bo‘lib, unda gravitatsion o‘zaro ta’sir tensor maydon bilan bir qatorda skalyar maydon orqali ham tavsiflanadi. Wormholelar fazo-vaqtning ikki uzoq nuqtasini bog‘lovchi topologik tuzilma sifatida qaraladi. Tadqiqot davomida Brans–Dicke parametrining qiymati, energiya shartlari, skalyar maydonning xatti-harakati hamda chiziqli perturbatsiyalar ta’sirida yuzaga keladigan barqarorlik holatlari ko‘rib chiqildi. Natijalar wormhole geometriyasining mavjudligi va uning fizik jihatdan qabul qilinishi Brans–Dicke parametriga hamda ekzotik modda miqdoriga sezilarli darajada bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-06-04
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务