"ASQOV-1" VA "ASATAQOV" OZIQ-OVQAT QO'SHIMCHALARINING BIOLOGIK FAOLLIGI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada “Asqov-1” va “Asataqov” oziq-ovqat qo‘shimchalarining antiradikal (antioksidant) faolligi, fenol birikmalari tarkibi hamda ularning o‘tkir toksikologik xususiyatlari o‘rganildi. Tadqiqot natijalari har ikkala qo‘shimchaning erkin radikallarni neytrallash (DPPH) qobiliyatiga ega ekanligini ko‘rsatdi. “Asataqov” preparatining antiradikallik faolligi biroz yuqori (ARF = 19,43 %) bo‘lib, “Asqov-1” (ARF = 18,35 %) dan ustunligi aniqlandi. Fenol birikmalar tahlili natijasida “Asataqov”da salitsil kislotasi, kversetin va apigenin miqdori yuqori bo‘lgani qayd etildi. O‘tkir toksikologik tahlil natijalari esa bu moddalar OECD tasnifiga ko‘ra VI sinf – nisbatan zaharsiz birikmalar ekanini ko‘rsatdi. Ushbu natijalar “Asataqov” va “Asqov-1” qo‘shimchalarini asab tizimi faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi, oksidlovchi stressni kamaytiruvchi va perinatal ensefalopatiya (PE) kechki asoratlarini yengillashtiruvchi tabiiy vosita sifatida tavsiya etish imkonini beradi.



