KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI (SAMARQAND VILOYATI MISOLIDA)
收藏资源简介:
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Samarqand viloyati misolida o‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, kichik korxonalar iqtisodiy faollikni oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash orqali mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada viloyatdagi kichik biznesning mavjud holati, rivojlanish imkoniyatlari, yuzaga kelayotgan to‘siqlar va ularni bartaraf etish strategiyalari o‘rganilgan. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash siyosati, moliyaviy vositalar va treninglar tizimi samaradorligini oshirishi mumkin. Shu bilan birga, viloyatning geografik joylashuvi, infratuzilma va raqobat muhiti tadbirkorlikni rivojlantirishda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Tadqiqot natijalari mintaqaviy iqtisodiy rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqishda, shuningdek, kichik biznesni yanada barqaror qilish va yangi ish o‘rinlari yaratishda amaliy tavsiyalar beradi.



