KORXONALARDA INSON RESURSLARINI BOSHQARISH ORQALI IQTISODIY SAMARADORLIKNI OSHIRISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
收藏资源简介:
Mazkur maqolada korxonalarda inson resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish orqali iqtisodiy samaradorlikni oshirishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda inson kapitalining ahamiyati, xodimlar motivatsiyasi, kompetensiyaga asoslangan boshqaruv hamda zamonaviy HR texnologiyalarining korxona faoliyatiga ta’siri o‘rganilgan. Shuningdek, korxonalarda mavjud muammolar, jumladan, past mehnat unumdorligi, malaka yetishmovchiligi va boshqaruv tizimidagi kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etishga qaratilgan samarali mexanizmlar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari inson resurslarini samarali boshqarish orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xarajatlarni optimallashtirish va korxonaning raqobatbardoshligini kuchaytirish mumkinligini ko‘rsatadi.



