BOLALARDA ANTIBIOTIKLARGA CHIDAMLI PNEVMONIYANI DAVOLASHDA POSTBIOTIK BIODANATUMNING KLINIK VA IMMUNOLOGIK SAMARADORLIGI
收藏资源简介:
Antibiotiklarga rezistentlik bugungi kunda global tibbiyot muammolaridan biri bo'lib, ayniqsa bolalar populyatsiyasida pnevmoniyaning davolanishini sezilarli darajada qiyinlashtirmoqda. Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining ma'lumotlariga ko'ra, antibiotiklarga chidamli bakteriyalar tufayli yuzaga keladigan infeksiyalar bolalar o'rtasida o'lim va asorat ko'rsatkichlarini oshirib bormoqda. Standart antibakterial terapiyaning samaradorligi pasayib borayotgan sharoitda yangi, qo'shimcha davolash usullarini izlash zarurati tobora ortib bormoqda. Postbiotiklar immunomodulyator va yallig'lanishga qarshi xususiyatlari bilan klinik amaliyotda yangi imkoniyatlar ochishi mumkin. Shu nuqtai nazardan, bolalarda antibiotiklarga chidamli pnevmoniyani davolashda postbiotik Biodanatumning samaradorligini o'rganish ilmiy va amaliy jihatdan dolzarb hisoblanadi.



