SUN'IY INTELLEKT VA IJTIMOIY TARMOQLARNING TALABA-YOSHLAR PSIXOLOGIYASIGA TA'SIRI
收藏资源简介:
Ushbu ilmiy maqolada sun'iy intellekt (SI) texnologiyalari va ijtimoiy tarmoqlarning zamonaviy talaba-yoshlar kognitiv jarayonlari, emotsional holati va ruhiy salomatligiga ko‘rsatadigan ta'siri kompleks tahlil etiladi. Raqamlashtirish asrida axborot iste'moli hajmining keskin ortishi, algoritmlarga qaramlik hamda virtual muloqotning ommalashuvi talabalar psixologiyasida jiddiy o‘zgarishlarni keltirib chiqarmoqda. Maqolada xalqaro psixologik hamda sotsiologik tadqiqotlar statistikasi, neyrobiologik va kognitiv psixologiya tamoyillariga tayanib, ijobiy va salbiy ta'sir omillari atroflicha o‘rganilgan. Olingan natijalar talabalar o‘rtasida axborot gigiyenasi va raqamli madaniyatni shakllantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.



