TADBIRKORLIK FAOLIYATIDA INVESTITSIYALARNING O'RNI
收藏资源简介:
Annotatsiya. Ushbu tezisda tadbirkorlik faoliyatini shakllantirish va rivojlantirishda investitsiyalarning iqtisodiy ahamiyati tahlil qilinadi. Investitsiyalarning asosiy shakllari, moliyalashtirish manbalari, korxona ishlab chiqarish quvvatini oshirish, innovatsiyalarni joriy etish, yangi ish o'rinlari yaratish va raqobatbardoshlikni kuchaytirishdagi roli yoritiladi. Shuningdek, O'zbekistonda investitsiya faolligining so'nggi holati, kichik va o'rta biznesning moliyaviy resurslarga kirishi hamda investitsiya muhitini takomillashtirish yo'nalishlari ko'rib chiqiladi. Tahlil asosida tadbirkorlik subyektlarida investitsion rejalashtirishni kuchaytirish, moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish va innovatsion loyihalarga kapital yo'naltirish bo'yicha takliflar ishlab chiqilgan.



