IQTISODIY SANKSIYALARNING TURLARI VA ULARNING XALQARO MUNOSABATLARGA TA'SIRI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada iqtisodiy sanksiyalarning nazariy mohiyati, asosiy turlari (savdo, moliyaviy, sektorial, maqsadli va to’lov tizimlariga qaratilgan sanksiyalar) hamda ularning xalqaro munosabatlar tizimiga ko’rsatadigan ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotda zamonaviy iqtisodiy statekraft nazariyasi, jumladan savdo nazariyasidagi "foyda-zarar" tenglamalari (Arkolakis, Costinot va Rodríguez-Clare, 2012), sanksiyalarni muzokara instrumenti sifatida tushuntiruvchi bargaining nazariyalari (Eaton va Engers, 1992; Drezner, 1998) hamda xalqaro munosabatlar nazariyotchilarining (Drezner, 1999; Hufbauer va boshqalar, 2009) qarashlari yoritiladi. Shuningdek, Felbermayr, Morgan, Syropoulos va Yotov (2021) tomonidan tizimlashtirilgan Global Sanctions Database asosidagi statistik tendensiyalar va ekonometrik empirik natijalar ko’rib chiqiladi. Nazariy asoslarni amaliyot bilan bog’lash maqsadida Rossiyaga nisbatan 2014 va 2022-yillarda qo’llanilgan sanksiyalar tajribasi (Itskhoki va Ribakova, 2024) misolida chuqur tahlil o’tkaziladi. Maqola sanksiyalarning samaradorligi nishonga olingan mamlakatning iqtisodiy hajmi, global integratsiya darajasi, koalitsiyaning birligi hamda amalga oshirish (enforcement) mexanizmlariga bog’liqligini ko’rsatadi.



