O'ZGARUVCHAN ZAMONDA YUQORI SINF O'QUVCHILARIDA AXLOQIY DUNYOQARASHNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
收藏资源简介:
Mazkur tezis o‘zgaruvchan zamon sharoitida yuqori sinf o‘quvchilarining axloqiy dunyoqarashini shakllantirishning pedagogik asoslarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Globallashuv va axborot texnologiyalari jadal rivojlanayotgan bir davrda yoshlarning qadriyatli yo‘nalishlari o‘zgarib, ularning dunyoqarashiga turli omillar ta’sir ko‘rsatmoqda. Maqolada aksiologik yondashuvning mazmun-mohiyati, yuqori sinf o‘quvchilarining yosh xususiyatlari va axloqiy tarbiyaning o‘ziga xos jihatlari yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interaktiv metodlar orqali o‘quvchilarda barqaror axloqiy dunyoqarashni shakllantirish yo‘llari tahlil etiladi. Tezisda milliy qadriyatlar va umumbashariy axloqiy me’yorlarning uyg‘unligi masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.



