TIL, MADANIYAT VA MILLIY IDENTIFIKATSIYA: SEMANTIK YONDASHUV
收藏资源简介:
Mazkur maqolada til, madaniyat va milliy identifikatsiya o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik semantik yondashuv asosida tahlil qilinadi. Til nafaqat aloqa vositasi, balki xalqning tarixiy xotirasi, madaniy qadriyatlari, an’analari va dunyoqarashini saqlovchi muhim vosita sifatida qaraladi. Tadqiqotda milliy-madaniy ma’nolarni ifodalovchi leksik birliklar, frazeologik birliklar, maqollar va madaniy konnotatsiyalar o‘rganiladi. Shuningdek, semantik tahlil, qiyosiy tahlil, kognitiv yondashuv hamda lingvokulturologik metodlarning milliy identifikatsiyani ifodalovchi til birliklarini aniqlashdagi ahamiyati yoritiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, til birliklari xalqning mentaliteti, ijtimoiy tajribasi va madaniy xususiyatlarini aks ettiradi. Globallashuv sharoitida til orqali milliy identifikatsiyani saqlash va madaniy merosni avlodlarga yetkazish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.



