遇见数据集

BOSHLANG'ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANIB ALGEBRAIK MATERIAL USTIDA ISHLASH METODIKASI

收藏
Zenodo2026-02-07 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqola boshlang‘ich sinf matematika darslarida algebraik materiallarni o‘qitishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishning metodik asoslarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqot adabiyotlar sharhiga asoslangan bo‘lib, unda boshlang‘ich ta’limda algebraik fikrlashni shakllantirish jarayonida raqamli ta’lim vositalarining didaktik imkoniyatlari o‘rganilgan. Ilmiy-pedagogik manbalar tahlili orqali algebraik materiallarni o‘qitishda multimediali taqdimotlar, interaktiv mashqlar, ta’limiy o‘yinlar va raqamli platformalardan foydalanishning samaradorligi yoritilgan. Maqolada zamonaviy axborot texnologiyalarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mantiqiy va abstrakt tafakkurini rivojlantirishdagi o‘rni, o‘quv motivatsiyasini oshirishdagi ahamiyati hamda mustaqil ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga ta’siri asoslab berilgan. Tahlil natijalari axborot texnologiyalaridan foydalanilgan darslar algebraik tushunchalarni ko‘rgazmali va tushunarli tarzda o‘zlashtirishga yordam berishini, shuningdek, individual va differensial yondashuvni amalga oshirish imkonini yaratishini ko‘rsatadi. Maqolada adabiyotlar tahlili asosida boshlang‘ich sinf matematika darslarida algebraik materiallarni o‘qitishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishga doir umumlashtirilgan metodik xulosalar keltirilgan. Ushbu xulosalar boshlang‘ich ta’limda matematika o‘qitish metodikasini takomillashtirish, o‘quv jarayonini interaktiv tashkil etish hamda o‘quvchilarning algebraik tayyorgarligini mustahkamlashda amaliy ahamiyatga ega.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-02-07
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务