O'ZBEKISTONDA XUSUSIY SEKTOR ULUSHINI OSHIRISHNING IQTISODIY ASOSLARI VA RAQOBAT MUHITINI RIVOJLANTIRISH YO'NALISHLARI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada O‘zbekistonda xususiy sektor ulushini oshirishning iqtisodiy asoslari hamda raqobat muhitini rivojlantirish yo‘nalishlari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Xususiy sektor bozor iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismi sifatida iqtisodiy o‘sish, bandlikni ta’minlash, investitsiya faolligini kuchaytirish va innovatsion rivojlanishni jadallashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada xususiy sektor samaradorligini oshiruvchi asosiy mexanizmlar — raqobat, xususiy mulkka asoslangan manfaatdorlik, resurslardan oqilona foydalanish, innovatsion faoliyat va moliyaviy rag‘batlantirish omillari yoritiladi. Shuningdek, O‘zbekistonda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, monopolistik holatlarni kamaytirish, investitsion muhitni yaxshilash va kichik biznes subyektlari uchun teng raqobat sharoitlarini yaratish masalalari ko‘rib chiqiladi.



