遇见数据集

ANDIJON VILOYATIDA MADANIYAT VA SAN'AT SOHASIDAGI DAVLAT SIYOSATINING BOSQICHMA BOSQICH RIVOJLANISHI(1991-2025-YILLAR)

收藏
Zenodo2026-09-18 更新2026-10-01 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu tadqiqotda 1991–2025-yillar davomida Andijon viloyatida madaniyat va san’at sohasidagi davlat siyosatining bosqichma-bosqich rivojlanishi tarixiy, huquqiy va institutsional jihatdan tahlil qilindi. Mustaqillik yillarida mamlakatda milliy ma’naviyatni tiklash, madaniy merosni asrash, ijodiy muhitni qo‘llab-quvvatlash hamda aholining madaniy hayotga keng jalb etilishini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida shakllangani Andijon viloyati misolida ko‘rsatib berildi. Tadqiqotda hududda madaniyat uylari, teatr va kutubxonalar faoliyatining qayta tashkil etilishi, madaniy-ma’rifiy muassasalarning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanishi, xalq ijodi va an’anaviy san’at turlarining rivoji, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar hamda sohaning boshqaruv tizimidagi islohotlar o‘rganildi. Shuningdek, 2017–2025-yillarda madaniyat sohasini modernizatsiya qilish, raqamlashtirish, xususiy tashabbuslarni rag‘batlantirish va hududiy madaniy infratuzilmani yangilashga doir davlat dasturlari va qarorlarining amaliy natijalari tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari Andijon viloyatida madaniyat va san’at sohasidagi davlat siyosati izchil takomillashib, u milliy o‘zlikni mustahkamlash, aholining ma’naviy ehtiyojlarini qondirish va hududning ijtimoiy-madaniy taraqqiyotini ta’minlashga xizmat qilayotganini ko‘rsatadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-09-18
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务