INGLIZ-RUS KOD ALMASHTIRISHINI TADQIQ ETISHNING SOTSIOLINGVISTIK YONDASHUVLARI
收藏资源简介:
Annotatsiya. Globallashuv, migratsiya va raqamli kommunikatsiyaning jadal rivojlanishi natijasida ingliz va rus tillari o‘rtasidagi til aloqalari sezilarli darajada faollashdi. Buning natijasida ingliz-rus kod almashtirishi (code-switching) zamonaviy sotsiolingvistikaning dolzarb tadqiqot obyektiga aylandi. Mazkur tezisda ingliz-rus kod almashtirishini o‘rganishda qo‘llaniladigan asosiy sotsiolingvistik yondashuvlar tahlil qilinadi. Tadqiqot tavsifiy-tahliliy usul asosida olib borilib, kod almashtirishning ijtimoiy, kommunikativ va pragmatik omillari yoritiladi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, ingliz-rus kod almashtirishi nafaqat til kompetensiyasining mahsuli, balki nutq vaziyati, ijtimoiy identifikatsiya, yosh, kasbiy faoliyat va madaniy omillar bilan ham bevosita bog‘liq. Tadqiqot kod almashtirishni zamonaviy ko‘p tilli jamiyatlarda samarali muloqotni ta’minlovchi tabiiy sotsiolingvistik hodisa sifatida baholaydi.



