遇见数据集

UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA KASB TANLASH MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH MASALALARI

收藏
Zenodo2026-03-23 更新2026-05-29 收录
官方服务:

资源简介:

Maktab o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish ishlari, odatda, maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. O‘quvchi-yoshlarning ta’limdagi muvaffaqiyati va kelgusidagi kasbiy rivojlanish yo‘li ko‘p jihatdan aynan maktab davrida kasbga yo‘naltirish jarayonining to‘g‘ri tashkil etilishi hamda karyera rejasining ongli va asosli ravishda shakllantirilishiga bog‘liqdir. Yevropa davlatlari, AQSh, Kanada, Yaponiya va Rossiya kabi aholi bandligi masalasi samarali yo‘lga qo‘yilgan mamlakatlarda maktab o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish tizimi jamiyatning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy ehtiyojlarini inobatga olgan holda muntazam ravishda takomillashtirib boriladi. Ushbu jarayonning asosiy maqsadi – o‘quvchi-yoshlarga ongli ravishda kasb tanlash va puxta karyera rejasini shakllantirishda ko‘maklashishdan iborat. Bunda milliy mehnat bozori talablari, hududiy ehtiyojlar hamda o‘quvchilarning individual qobiliyatlari, qiziqishlari va shaxsiy xususiyatlari hisobga olinadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-03-23
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务