遇见数据集

EKSPORTNING TASHQI QARZ YUKINI KAMAYTIRISHDAGI ROLI: O'ZBEKISTON MISOLIDA

收藏
Zenodo2026-07-04 更新2026-08-02 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqolada eksport salohiyatini oshirish orqali tashqi qarz yukini kamaytirishning iqtisodiy mexanizmlari O’zbekiston misolida tahlil qilinadi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi shundan iboratki, P. Krugmanning “valyuta chegarasi” nazariyasi va Xalqaro valyuta jamg’armasining qarz barqarorligi me’yorlari birinchi marta O’zbekistonning 2016-2024yillardagi eksport va tashqi qarz dinamikasiga nisbatan “Debt-to-Export” koeffitsiyentining yillik hisob-kitoblari asosida amaliy tatbiq etiladi, hamda mintaqaviy davlatlar (Qozog’iston, Qirg’iziston, Ozarbayjon) bilan qiyosiy tahlil orqali O’zbekistonning nisbiy o’rni aniqlanadi. Shuningdek, mamlakatda so’nggi yillarda (2016-2024) amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar, eksport hajmining o’sishi va undagi tarkibiy o’zgarishlar, xususan, oltin va tayyor mahsulotlar ulushi statistik ma’lumotlar yordamida ko’rib chiqiladi. Maqola davomida eksportning qarzga nisbati koeffitsiyenti yillar kesimida hisoblab chiqilib, global moliya bozorlaridagi beqarorlik sharoitida O’zbekistonning tashqi shoklarga chidamliligi va to’lov qobiliyati baholanadi. Yakunda eksport tushumlarini diversifikatsiya qilish, yuqori qo’shilgan qiymatli mahsulotlar ulushini ko’paytirish hamda tashqi qarz limitlariga rioya qilish orqali mamlakat iqtisodiy xavfsizligini mustahkamlash bo’yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-07-04
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务