遇见数据集

IQLIM O'ZGARISHINING TIRIK ORGANIZMLARGA TA'SIRI

收藏
Zenodo2026-03-14 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqolada global iqlim o‘zgarishining tirik organizmlarga ko‘rsatadigan ta’siri ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. So‘nggi yillarda Yer atmosferasidagi haroratning oshishi, yog‘ingarchilik rejimining o‘zgarishi va ekstremal ob-havo hodisalarining ko‘payishi biologik tizimlarga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Tadqiqotning asosiy maqsadi iqlim o‘zgarishining o‘simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlarga ko‘rsatadigan biologik hamda ekologik ta’sirlarini aniqlashdan iborat. Tadqiqot jarayonida ilmiy adabiyotlar tahlili, statistik ma’lumotlar va ekologik kuzatuvlar usullaridan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, global isish natijasida ko‘plab organizmlar yashash muhitini o‘zgartirishga majbur bo‘lmoqda, ayrim turlar esa yo‘qolib ketish xavfi ostida qolmoqda. Bundan tashqari, iqlim o‘zgarishi o‘simliklarning fenologik bosqichlari, hayvonlarning migratsiya yo‘llari va mikroorganizmlarning faoliyatiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Tadqiqot natijalari biologik xilma-xillikni saqlash va ekologik muvozanatni ta’minlash uchun iqlim o‘zgarishiga moslashuv strategiyalarini ishlab chiqish zarurligini ko‘rsatadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-03-14
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务