HUDUDLARARO SANOAT RIVOJLANISHINI DIVERSIFIKATSIYA QILISH HAMDA KORXONALARDA BARQAROR RAQOBAT USTUNLIGINI SHAKLLANTIRISH MEXANIZMLARINING NAZARIY ASOSLARI
收藏资源简介:
Mikroiqtisodiy darajada olib borilgan tadqiqotlar sanoat siyosatining firma faoliyatiga bevosita ta’sirini aniqlash imkonini beradi. Xususan, firma darajasidagi empirik izlanishlar davlat tomonidan amalga oshirilayotgan sanoat siyosati moliyalashtirish imkoniyatlari, investitsiya faolligi va innovatsion rivojlanish sur’atlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatishini tasdiqlaydi⁷. Bu esa hududlararo sanoat diversifikatsiyasi jarayonida davlatning muvofiqlashtiruvchi va rag‘batlantiruvchi roli muhimligini ko‘rsatadi. Sanoat siyosati boshqa bir-birini to‘ldiruvchi siyosat yo‘nalishlari bilan uzviy integratsiyalashganda yanada yuqori samaradorlikka erishadi. Xususan, raqobat siyosati, ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi, ekologik siyosat, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, sog‘liqni saqlash, bandlik hamda hududiy rivojlanish siyosati bilan uyg‘unlashgan holda sanoat siyosati kompleks va tizimli yondashuv sifatida namoyon bo‘ladi. Bunday integratsiyalashgan yondashuv talab va taklif omillarini hisobga olgan holda sanoat rivojlanishini rag‘batlantiradi hamda turli siyosat yo‘nalishlarini ishlab chiqarish jarayonlari bilan muvofiqlashtirish imkonini beradi. Natijada sanoat tuzilmasining tarkibiy o‘zgarishi, klasterlashuv jarayonlarining jadallashuvi va hududiy iqtisodiy integratsiya kuchayadi.



