ANDROID STUDIO MUHITIDA SQLITE MA'LUMOTLAR BAZASIDAN FOYDALANISH
收藏资源简介:
Zamonaviy mobil ilovalar ko‘pincha tarmoq ulanishisiz ham ma’lumotlarni saqlash, qayta ishlash va foydalanuvchiga taqdim etish imkoniyatini talab qiladi. Bunday holatlarda lokal ma’lumotlar bazasi (Local Database) yechimi sifatida eng keng qo‘llaniladigan texnologiyalardan biri SQLite hisoblanadi. SQLite – bu nol konfiguratsion, server talab qilmaydigan, fayl asosida ishlaydigan yengil relatsion ma’lumotlar bazasi bo‘lib, Android operatsion tizimiga standart kutubxona sifatida integratsiya qilingan. Ushbu maqolaning asosiy maqsadi – Android Studio muhitida SQLite yordamida ma’lumotlar bazasini yaratish, CRUD (Create, Read, Update, Delete) operatsiyalarini amalga oshirish va ishlab chiqish jarayonidagi amaliy muammolarni hal qilish usullarini tizimli ravishda ko‘rsatishdir. Tadqiqot obyekti sifatida Android ilovalarida lokal ma’lumotlarni boshqarish arxitekturasi, predmeti esa SQLite yordamida samarali va xavfsiz ma’lumotlar oqimini tashkil etish metodlari belgilangan.



