遇见数据集

PRF (PLATELET RICH FIBRIN) TEXNOLOGIYASINING JARROHLIK AMALIYOTIDAGI SAMARADORLIGI

收藏
Zenodo2026-02-07 更新2026-05-29 收录
官方服务:

资源简介:

Zamonaviy jarrohlik va regenerativ tibbiyotda biologik texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. So‘nggi yillarda bemorning o‘z qon komponentlariga asoslangan autolog biomateriallar jarrohlik amaliyotida keng qo‘llanila boshladi. Shular jumlasidan, Platelet Rich Fibrin (PRF) texnologiyasi alohida ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, u trombotsitlar, fibrin va leykotsitlarga boy tabiiy biomaterial sifatida to‘qimalarning regeneratsiyasini jadallashtiradi. PRF texnologiyasi jarohatlarning tez bitishi, yallig‘lanish jarayonlarining kamayishi, operatsiyadan keyingi asoratlarning oldini olish va reabilitatsiya muddatini qisqartirishda samarali usul hisoblanadi. Ushbu maqolada PRF texnologiyasining biologik asoslari, jarrohlik amaliyotidagi qo‘llanilishi, klinik samaradorligi va ilmiy tadqiqotlar natijalari chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqot mahalliy va xorijiy ilmiy manbalar asosida olib borilgan bo‘lib, PRF texnologiyasining jarrohlikdagi istiqbollari yoritib berilgan.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-02-07
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务