遇见数据集

INFLYATSIYA DARAJASINING BANK KREDIT FOIZ STAVKALARIGA TA'SIRI

收藏
Zenodo2025-12-20 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur ishda inflyatsiya darajasining tijorat banklari kredit foiz stavkalariga ta’siri O‘zbekiston Respublikasi misolida nazariy va empirik yondashuvlar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida 2015–2024 yillar bo‘yicha inflyatsiya, kredit foiz stavkalari hamda Markaziy bank asosiy stavkasi ko‘rsatkichlari jamlandi va statistik tahlil (jadval, grafik, korrelyatsiya) hamda ko‘p omilli regressiya modeli yordamida baholandi. Natijalar inflyatsiya va asosiy stavkaning kredit stavkalariga ijobiy yo‘nalishda ta’sirini ko‘rsatadi; shuningdek, uzatish mexanizmi (pass-through) to‘liq bo‘lmasligi bank risk prеmiyasi va resurslar qiymatining inertligi bilan izohlanadi. Olingan xulosalar bank foiz siyosatini ilmiy asosda shakllantirish, inflyatsion kutilmalarni pasaytirish hamda kredit resurslari narxini barqarorlashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2025-12-20
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务