遇见数据集

YURAK FIZIOLOGIYASI: TUZILISHI, ELEKTROFIZIOLOGIK ASOSLARI VA BOSHQARUV MEXANIZMLARI

收藏
Zenodo2026-07-13 更新2026-08-01 收录
官方服务:

资源简介:

Yurak-qon tomir tizimi organizmning barcha to'qima va a'zolarini kislorod, oziq moddalar bilan uzluksiz ta'minlab turuvchi, shu bilan birga metabolik chiqindilarni chiqarib yuborishga xizmat qiluvchi hayotiy muhim tizimdir. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, yurak-qon tomir kasalliklari dunyo bo'yicha o'lim sabablari orasida birinchi o'rinda turadi va har yili taxminan 17,9 million kishining hayotiga zomin bo'ladi. Ushbu ko'rsatkich yurak fiziologiyasining chuqur va tizimli tarzda o'rganilishini, xususan oliy ta'lim tizimida tayyorlanayotgan hamshiralik mutaxassislari uchun bu bilimning amaliy ahamiyatini yanada dolzarblashtiradi. Malakali hamshira nafaqat yurak faoliyatining me'yoriy ko'rsatkichlarini, balki uning hujayra va molekulyar darajadagi mexanizmlarini ham bilishi lozim, chunki bemorni parvarish qilish, elektrokardiogrammani baholashda ishtirok etish, dori vositalarining yurak faoliyatiga ta'sirini kuzatish va shoshilinch holatlarda to'g'ri qaror qabul qilish aynan shu bilimga asoslanadi. Ushbu maqolaning maqsadi — yurak fiziologiyasining zamonaviy ilmiy ma'lumotlar asosidagi asosiy jihatlarini: uning tuzilishi, hujayra elektrofiziologiyasi, yurak sikli, gemodinamik ko'rsatkichlar hamda nerv-gumoral boshqaruv mexanizmlarini tizimli tarzda yoritishdan iborat.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-07-13
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务