JAHON INFLATSIYA JARAYONINING SABABLARI VA OQIBATLARI
收藏资源简介:
Ushbu maqola jahon miqyosida kuzatilayotgan inflyatsiya jarayonlarining shakllanish mexanizmlari, ularni kuchaytirayotgan global iqtisodiy va geosiyosiy omillar, shuningdek inflyatsiyaning makroiqtisodiy barqarorlikka ta’siri bo‘yicha kompleks tahlilni o‘z ichiga oladi. Tadqiqotda xomashyo bozorlaridagi narx tebranishlari, ta’minot zanjirlaridagi uzilishlar, logistika xarajatlarining o‘sishi, kengaytirilgan pul-kredit siyosati va talab-taklif nomutanosibligi kabi jarayonlarning inflyatsion bosimni kuchaytirishdagi o‘rni chuqur o‘rganilgan. Shuningdek, global inflyatsiya oqibatlari real daromadlarning pasayishi, valyuta kurslarining beqarorlashuvi, investitsion faollikning susayishi va ijtimoiy tangliklarning kuchayishi kabi yo‘nalishlarda ilmiy tahlil olib borilgan. Tadqiqot yakunida inflyatsiyani jilovlashga qaratilgan takliflar ishlab chiqilgan.



