QIZILO'NGACHNING NORMAL ANATOMIYA VA FIZIOLOGIYASI
收藏资源简介:
Qizilo‘ngach (esophagus) — halqumni oshqozon bilan bog‘lovchi naychasimon a’zo bo‘lib, u VI bo‘yin umurtqasi darajasida, ya’ni hiqildoqning halqasimon tog‘ayining pastki chetida boshlanadi va X yoki XI ko‘krak umurtqasi tanasining chap cheti darajasida joylashgan kardiya bilan tugaydi. Inson qizilo‘ngachining uzunligi yosh, jins, tana tuzilishi va konstitutsion xususiyatlarga bog‘liq holda 23–30 sm ni tashkil etadi [1]. Qizilo‘ngachning ko‘ndalang o‘lchamlari ham yoshga bog‘liq. Bo‘yin qismida uning old-orqa yo‘nalishidagi diametri 17 mm, ko‘ndalang o‘lchami esa 23 mm ga teng. Ko‘krak qismida qizilo‘ngachning ichki o‘lchamlari quyidagicha: ko‘ndalang o‘lchami 23–28 mm, old-orqa yo‘nalishida esa 17–19 mm dan 21 mm gacha. Diafragmal torayish sohasida qizilo‘ngachning ko‘ndalang o‘lchami 16–19 mm gacha kamayadi, diafragmadan pastda esa yana 30 mm gacha kengayib, o‘ziga xos ampula (ampulla oesophagei) hosil qiladi [1].



