遇见数据集

TIJORAT BANKLARI FAOLIYATIDA ESG INTEGRATSIYASINING ILMIY-NAZARIY JIHATLARI

收藏
Zenodo2026-09-21 更新2026-10-01 收录
官方服务:

资源简介:

Annotatsiya. Mazkur ilmiy tezisda tijorat banklari faoliyatiga ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv - ESG (Environmental, Social and Governance) tamoyillarini integratsiya qilishning ilmiy-nazariy asoslari tadqiq etilgan. ESG konsepsiyasining shakllanish evolyutsiyasi, uning manfaatdor tomonlar nazariyasi, barqaror rivojlanish konsepsiyasi, “uch karra natija” yondashuvi hamda zamonaviy risk-menejment bilan o‘zaro bog‘liqligi ochib berilgan. Tijorat banklarining moliyaviy vositachilik xususiyatidan kelib chiqib, ESG omillarining bank faoliyatiga bevosita operatsion ta’siri bilan bir qatorda kredit va investitsiya portfeli orqali bilvosita ta’siri mavjudligi asoslangan. Xalqaro standartlar va prudensial yondashuvlar asosida ESGni bank strategiyasi, korporativ boshqaruv, kreditlash, risklarni boshqarish, portfel monitoringi va hisobot tizimiga kompleks integratsiya qilish zarurligi yoritilgan. O‘zbekiston tijorat banklari uchun ESG boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar shakllantirilgan.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-09-21
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务