BOSHLANG'ICH SINFLARDA NOMANFIY BUTUN SONLARNI NOMERLASHGA O'RGATISH METODIKASINING UMUMIY MASALALARI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga nomanfiy butun sonlarni nomerlashni o‘rgatishning mazmuni, maqsadi va metodik asoslari yoritilgan. Boshlang‘ich ta’limda son va raqam tushunchalarini shakllantirish, natural sonlar qatori, nomanfiy butun sonlarning o‘qilishi va yozilishi, sonlarni taqqoslash hamda ularni xona birliklari asosida ifodalash masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, o‘quvchilarda matematik tafakkurni rivojlantirishda ko‘rgazmali, amaliy, interfaol va didaktik o‘yinlardan foydalanishning ahamiyati ochib berilgan. Nomanfiy butun sonlarni nomerlashga o‘rgatish jarayonida o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish, oddiydan murakkabga, aniqdan mavhumga tamoyillari asosida ta’limni tashkil etish zarurligi asoslangan.



