遇见数据集

ALAYA PIRAKANTA (PYRACANTHA COCCINEA ROEM.) NI SHO'R TUPROQLARDA INTRODUKSIYASI VA BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI

收藏
Zenodo2026-05-28 更新2026-05-29 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada alaya pirakanta (Pyracantha coccinea Roem.) o‘simligining sho‘r tuproqlarda introduksiyasi, ekologik moslashuvchanligi, morfologik va bioekologik xususiyatlari, shuningdek ko‘kalamzorlashtirish amaliyotidagi istiqbollari yoritilgan. Sho‘rlangan tuproqlar sharoitida manzarali buta turlarini tanlash dolzarb masala bo‘lib, bunday o‘simliklar shahar va qishloq hududlarida yashil qoplamani barqaror saqlash, changni kamaytirish, mikroiqlimni yumshatish hamda estetik muhit yaratishda muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotda alaya pirakantaning qurg‘oqchilikka chidamliligi, yorug‘likka munosabati, barg, gul va meva hosil qilish xususiyatlari hamda yengil va o‘rtacha sho‘rlangan tuproqlarda o‘sish imkoniyatlari tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, Pyracantha coccinea kuchli sho‘rlangan va drenaji yomon tuproqlardan ko‘ra, tuz miqdori nisbatan past, havo va suv almashinuvi yaxshi bo‘lgan maydonlarda barqaror rivojlanadi. O‘simlikning zich shox-shabbasi, tikansimon novdalari va qish mavsumigacha saqlanadigan yorqin mevalari uni tirik devor, himoya to‘sig‘i va landshaft kompozitsiyalari uchun qimmatli tur sifatida tavsiflaydi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-28
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务