five

DIPLOMATIK VA KONSULLIK VAKILLARI IMMUNITETLARINING AMAL QILISH CHEGARALARI: XALQARO HUQUQ VA MILLIY AMALIYOTNING O'ZARO NISBATI

收藏
DataCite Commons2026-05-03 更新2026-05-07 收录
下载链接:
https://zenodo.org/doi/10.5281/zenodo.20002532
下载链接
链接失效反馈
官方服务:
资源简介:
Ushbu maqolada diplomatik va konsullik vakillari immunitetlarining huquqiy tabiati, funksional maqsadi hamda ularning amal qilish chegaralari xalqaro huquq manbalari va milliy amaliyot misolida tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi diplomatik immunitet bilan konsullik immuniteti o‘rtasidagi farqlarni, ayniqsa ularning yurisdiksiya, daxlsizlik, javobgarlikdan ozod etish va bekor bo‘lish mexanizmlari nuqtai nazaridan aniqlashdan iborat. Maqolada 1961-yildagi Diplomatik aloqalar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi va 1963-yildagi Konsullik munosabatlari to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi markaziy manba sifatida olingan, shuningdek Buyuk Britaniya, AQSh va O‘zbekiston normativ-amaliy tajribasi bilan qiyosiy yondashuv qo‘llangan. Tadqiqot natijasida diplomatik immunitet asosan shaxsiy va kengroq xarakterga ega ekani, konsullik immuniteti esa funksional va tor doirada amal qilishi asoslab beriladi. Shuningdek, immunitetlar mutlaq jazosizlik emasligi, chunki ularga voz kechish, persona non grata, rezidual immunitetning tor doirasi, qabul qiluvchi davlat qonunlariga hurmat majburiyati va yuboruvchi davlat yurisdiksiyasi kabi cheklovchi mexanizmlar tatbiq etilishi ko‘rsatiladi. Muallif milliy qonunchilikda “rasmiy funksiya” mezonlarini aniqlashtirish, amaliyotchi organlar uchun yagona protsessual yo‘riqnoma ishlab chiqish va jiddiy huquqbuzarliklarda immunitetni suiiste’mol qilishning oldini oluvchi huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish zarurligi haqida xulosa qiladi.
提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-03
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务