遇见数据集

QON KISLOTILIGINING ORTISHI EOZINOFILLARNING RETSEPTOR SEZGIRLIGI VA SIGNAL UZATISH TARTIBINI O'ZGARISHI

收藏
Zenodo2026-04-10 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Eozinofillar nafas yo'llari allergik kasalliklari, ayniqsa bronxial astma patogenezida asosiy rol o'ynaydigan muhim immun hujayralar hisoblanadi. So'nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar natijasida eozinofillar faolligi nafaqat sitokinlar va xemokinlar, balki mikro muhitning fizik-kimyoviy parametrlari, xususan qon kislotaliligi (pH) o'zgarishlari tomonidan ham qattiq nazorat qilinishi aniqlandi. Ushbu maqolada qon kislotaliligining ortishi (asidoz) natijasida eozinofillarning retseptor apparati sezgirligi va hujayra ichidagi signal uzatish tizimlarida sodir bo'ladigan o'zgarishlar tahlil qilinadi. Asidoz sharoitida eozinofillarning TRPV1 kanali ekspressiyasi va funksional faolligi sezilarli darajada oshishi, bu esa hujayra ichiga kaltsiy oqimining kuchayishiga va apoptozning susayishiga olib kelishi aniqlangan [2]. Lizosoma kislotaliligining oshishi katepsin L faolligini rag'batlantiradi, bu esa arginaz-1 (ARG1) orqali arginin almashinuvini o'zgartirib, ornitin ishlab chiqarilishini kuchaytiradi va yallig'lanish jarayonlarini faollashtiradi [1]. Shu bilan birga, kislotali muhit eozinofillarning degranulyatsiya mexanizmlariga ta'sir ko'rsatib, eozinofil ekstrasellulyar tuzoqlari (EET) hosil bo'lishini kuchaytiradi va sitrulinlangan gistonlar orqali yallig'lanish kaskadini faollashtiradi [8]. Eozinofillarning fazoviy fenotiplari va ularning turli to'qimalardagi xilma-xilligi kislotalilik darajasiga bog'liq holda o'zgarishi, hujayralarning immunomodulyator va to'qimalarni tiklash funksiyalariga ta'sir qilishi ko'rsatilgan [3,7]. Ushbu sharhli maqolada 2015-2025 yillar oralig'ida nashr etilgan ilmiy tadqiqotlar asosida asidozning eozinofillar retseptorlari (IL-5R, CCR3, TRPV1, Siglec-8 va boshqalar) sezgirligiga, hujayra ichidagi signal transduksiya yo'llariga (MAPK, NF-kB, PI3K/Akt), degranulyatsiya turlariga va eozinofillarning yashash muddatiga ta'siri tizimli ravishda yoritilgan. Kislota-g sensor retseptorlar (GPR4, TDAG8, OGR1) va ularning eozinofillarda ifodalanishi, shuningdek asidoz sharoitida eozinofil-mast hujayra va eozinofil-nerv hujayra o'zaro ta'sir mexanizmlari alohida tahlil qilinadi. Maqolada, shuningdek, asidoz sharoitida eozinofillarning o'zgargan retseptor sezgirligi va signal uzatish tartibining klinik ahamiyati, ayniqsa biologik terapiyaga (anti-IL-5, anti-IL-5Ra, anti-Siglec-8) chidamli bemorlarda yangi terapevtik yondashuvlarni ishlab chiqish istiqbollari muhokama qilinadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-04-10
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务