遇见数据集

BOLALARDA SHIRINLIKKA QARAMLIK VA TISH KARIESI

收藏
Zenodo2026-02-02 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqolada sut tishlarining bolalar sog‘lig‘idagi o‘rni, ularni e’tiborsiz qoldirish oqibatida yuzaga keladigan stomatologik va umumiy tibbiy muammolar ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Epidemiologik ma’lumotlarga ko‘ra, 5–7 yoshli bolalarning 60–80 % ida sut tishlarida kariesning turli shakllari aniqlanadi, biroq ko‘plab hollarda ota-onalar tomonidan ushbu holat vaqtinchalik va jiddiy bo‘lmagan muammo sifatida baholanadi. Maqolada sut tishlarining chaynash funksiyasi, nutq shakllanishi, yuz-jag‘ tizimi rivojlanishi hamda doimiy tishlarning to‘g‘ri chiqishidagi ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, sut tishlarida kechayotgan patalogik jarayonlarning doimiy tishlar germiga salbiy ta’siri, erta tish yo‘qotish oqibatida ortodontik anomaliyalar rivojlanish xavfining ortishi ilmiy manbalar asosida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari bolalar stomatologiyasida sut tishlariga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirish va profilaktik yondashuvlarni kuchaytirish zarurligini ko‘rsatadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-02-02
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务