DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIKNING HUQUQIY VA AMALIY SHAKLLARI: KONSESSIYA, QO'SHMA KORXONALAR, DAVLAT MULKINI IJARAGA BERISH VA HAYOT SIKLI SHARTNOMALARI
收藏资源简介:
Mazkur ilmiy maqolada davlat-xususiy sheriklikning asosiy huquqiy va amaliy shakllari – konsessiya, qo‘shma korxonalar, davlat mulkini ijaraga berish va hayot sikli shartnomalari tahlil qilinadi. Jahon amaliyotida davlat-xususiy sheriklik infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish va boshqarishning samarali mexanizmi sifatida keng qo‘llanilmoqda. O‘zbekistonda 2019-yilda “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingandan so‘ng sohada jadal rivojlanish kuzatilmoqda. Tadqiqotda qiyosiy tahlil, tizimli yondashuv va hujjatlarni o‘rganish usullari qo‘llanilgan. Natijada har bir sheriklik shaklining o‘ziga xos xususiyatlari, afzalliklari va cheklovlari aniqlanib, O‘zbekiston qonunchiligi va amaliyoti bilan bog‘liq holda tahlil qilingan. Xususan, konsessiya – davlat mulkini boshqarish, qo‘shma korxonalar – kapital va risklarni taqsimlash, ijaraga berish – davlat resurslaridan samarali foydalanish, hayot sikli shartnomalari esa – loyihaning butun muddati davomida sifat va xarajat nazoratini ta’minlash imkoniyatlari sifatida baholangan. Maqolada ushbu shakllarni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ham berilgan.



