UOLT UITMEN VA RAUF PARFI IJODIDA ERKINLIKNING FALSAFIY ASOSLARI
收藏资源简介:
Mazkur tezisda amerikalik shoir Uolt Uitmen va o‘zbek shoiri Rauf Parfi ijodida erkinlik tushunchasining falsafiy mazmuni qiyosiy jihatdan yoritiladi. Har ikki ijodkor she’riyatida insonning o‘zligini anglashi, mustaqil tafakkuri, ma’naviy erkinligi va borliq bilan munosabati muhim o‘rin tutadi. Biroq erkinlikning badiiy talqini shoirlarning tarixiy-madaniy muhiti va individual dunyoqarashiga ko‘ra farqlanadi. Uitmen ijodida shaxs erkinligi, demokratik tafakkur va insoniyat bilan birlik g‘oyalari yetakchilik qilsa, Parfi she’riyatida ruhiy mustaqillik, milliy o‘zlik va ma’naviy izlanish masalalari alohida ahamiyat kasb etadi. Qiyosiy tahlil erkinlikning umuminsoniy mohiyati bilan milliy-madaniy xususiyatlari o‘rtasidagi munosabatni anglash imkonini beradi.



