INFORMATIKA FANINI O'QITISHDA PROMPT ENGINEERING KO'NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada informatika fanini o‘qitish jarayonida zamonaviy sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanishning muhim omili hisoblangan prompt engineering ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasi yoritiladi. Tadqiqotda prompt engineering tushunchasining mazmuni, uning informatika ta’limidagi o‘rni hamda o‘quvchilarning algoritmik va tanqidiy fikrlashini rivojlantirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, sun’iy intellektga to‘g‘ri va aniq so‘rovlar (promptlar) berish orqali o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olish, muammoni hal qilish va ijodiy yondashuv ko‘nikmalarini rivojlantirish usullari taklif etiladi. Maqolada prompt engineering ko‘nikmalarini bosqichma-bosqich shakllantirishga qaratilgan metodik yondashuvlar, amaliy mashg‘ulotlar va ta’lim jarayoniga integratsiya qilish yo‘llari bayon etilgan.



