THE IMPACT OF GAMIFICATION AS A BRIDGE TO EFFECTIVE LANGUAGE LEARNING.
收藏资源简介:
Annotatsiya. Ilgari yangi tillarni o‘rganish o‘quvchilar uchun ancha murakkab jarayon edi. Talabalarni darsga qiziqtirish va ularning faolligini oshirish ham o‘qituvchilar uchun oson bo‘lmagan. Buning asosiy sababi, ularda yetarli bilim va resurslar mavjud bo‘lsa-da, samarali yondashuvlar, metodlar va usullar yetishmas edi. Yaxshiyamki, XX va XXI asrlarda olimlar hamda dasturchilar tomonidan tillarni o‘rganishni yanada samarali tashkil etishga qaratilgan innovatsion metodlar va gamifikatsiya yondashuvlari ishlab chiqildi. O‘quvchilarni rag‘batlantirish uchun beriladigan mukofotlar ularni til o‘rganishni davom ettirishga va taslim bo‘lmaslikka undaydi. Ushbu maqolada bugungi kunda millionlab insonlarning bir nechta tillarni oson va muvaffaqiyatli o‘rganayotganligi yoritiladi. Shuningdek, maqolada gamifikatsiyaning samarali til o‘rganishdagi ahamiyati hamda o‘quvchilar dars jarayonida foydalanadigan platformalar haqidagi fikrlarini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari ham taqdim etiladi.



