INTEGRATSIYALASHUV JARAYONLARI VA YEVROPA ITTIFOQI: TARIXIY SHAKLLANISH VA ZAMONAVIY RIVOJLANISH TENDENSIYALARI
收藏资源简介:
Mazkur mavzu Yevropa integratsiyasi jarayonining nazariy asoslari, tarixiy rivojlanish bosqichlari va zamonaviy tendensiyalarini kompleks tahlil qilishga bag‘ishlangan. Unda integratsiyalashuv tushunchasi davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va madaniy aloqalarning chuqurlashuvi sifatida izohlanadi. Yevropa qit’asida integratsiya jarayonlarining shakllanishi, ayniqsa Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda boshlangan hamkorlik tashabbuslari va ularning bosqichma-bosqich rivojlanishi ilmiy jihatdan yoritiladi. Shuningdek, Yevropa Ittifoqi ning tashkil topishi, uning institutsional tuzilmasi, asosiy maqsad va vazifalari, a’zo davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar hamda yagona bozor, erkin harakatlanish kabi muhim tamoyillari tahlil qilinadi. Mavzuda Yevropa integratsiyasining xalqaro munosabatlar tizimidagi o‘rni, global siyosiy va iqtisodiy jarayonlarga ta’siri hamda hozirgi kundagi muammolari va istiqbollari ham alohida e’tibor markazida bo‘ladi. Kalit so‘zlar: Yevropa integratsiyasi, integratsiyalashuv, Yevropa Ittifoqi, siyosiy integratsiya, iqtisodiy integratsiya, globalizatsiya, mintaqaviy hamkorlik, yagona bozor, erkin harakatlanish, xalqaro munosabatlar.



