遇见数据集

NEFT UNUMDORLIGINI OSHIRISHDA SOXTA KASHTAN VA CHILONJIDA EKSTRAKTLARINING SIRT-FAOL XOSSALARINI TADQIQ QILISH

收藏
Zenodo2026-09-27 更新2026-10-01 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada soxta kashtan (Aesculus hippocastanum L.) va chilonjida (Ziziphus jujuba Mill.) ekstraktlarining sirt-faol xususiyatlarini o‘rganish hamda ularning neftni qayta olish samaradorligini oshirishdagi potensial imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy yo‘nalishi o‘simlik ekstraktlari tarkibidagi saponinlar, fenolik birikmalar, flavonoidlar va boshqa amfifil komponentlarning neft-suv chegarasidagi sirtlararo taranglikka, tog‘ jinslarining namlanish xususiyatiga va neftning g‘ovak muhitdan siqib chiqarilishiga ta’sirini aniqlashdan iborat. Sirt-faol moddaning samaradorligi sirt tarangligi, neft-suv sirtlararo tarangligi, kritik mitsella konsentratsiyasi, kontakt burchagi, emulsiyalanish xususiyati va g‘ovak muhitdagi adsorbsiya ko‘rsatkichlari orqali baholanishi taklif etiladi. Mavjud tadqiqotlar o‘simlikdan olingan saponinlarning sirtlararo taranglikni kamaytirishi va namlanish holatini o‘zgartirishi mumkinligini ko‘rsatadi. Ushbu yondashuv ekologik jihatdan maqbul, qayta tiklanuvchi xomashyoga asoslangan neftni oshirilgan usulda olish texnologiyalarini rivojlantirish uchun istiqbolli yo‘nalish hisoblanadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-09-27
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务