遇见数据集

A.S. BYATT HIKOYALARIDA MIFOLOGIK KODLARNING POSTMODERNISTIK POETIKADAGI TALQINI.

收藏
Zenodo2026-08-03 更新2026-08-13 收录
官方服务:

资源简介:

Annotatsiya.Ushbu tezis A.S. Byatt hikoyalarida mifologik kodlarning o‘ziga xos badiiy ifodasi hamda ularning postmodernistik nuqtayi nazardan talqin qilinishiga bag‘ishlangan. Muallif hikoyalarida uchraydigan mifologik obrazlar, ramzlar va motivlarning an’anaviy mazmuni zamonaviy badiiy tafakkur asosida yangicha talqin etilishi tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida mifologik kodlarning asar g‘oyasini ochishdagi o‘rni, qahramonlar xarakterini yoritishdagi ahamiyati hamda intertekstuallik bilan bog‘liqligi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, A.S. Byattning mifologik merosdan foydalanish uslubi postmodernistik poetikaning muhim belgilaridan biri sifatida baholanadi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, yozuvchi mifologik elementlardan nafaqat badiiy bezak sifatida, balki matnda yangi ma’no qatlamlarini yuzaga keltiruvchi poetik vosita sifatida foydalanadi. Mazkur yondashuv muallif hikoyalarining semantik va estetik imkoniyatlarini yanada kengaytirib, o‘quvchini matnni turli talqinlarda anglashga undaydi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-08-03
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务