遇见数据集

"4K" MODELINING BOSHLANG'ICH TA'LIMDAG ASOSIY O'RNI VA QO'LLASH USULLARI

收藏
Zenodo2026-04-26 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

ushbu maqolada zamonaviy ta’lim jarayonida keng qo‘llanilayotgan “4K” modeli – ya’ni kreativlik (creative thinking), tanqidiy fikrlash (critical thinking), kommunikativ kompetensiya (communication), hamkorlik (collaboration) tushunchalari va ularning boshlang‘ich ta’lim tizimidagi ahamiyati yoritilgan. Boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilarida 4K ko‘nikmalarini shakllantirish ularning nafaqat bilim olish jarayonini, balki shaxsiy rivojlanishi, ijtimoiy faoliyatga tayyorgarligi va mustaqil fikrlash qobiliyatini oshiradi. Tadqiqot davomida 4K modelining nazariy asoslari, pedagogik yondashuvlari hamda boshlang‘ich sinf dars jarayonida uni samarali qo‘llash usullari tahlil qilingan. Shuningdek, o‘qituvchilar tomonidan amaliyotda qo‘llaniladigan interaktiv metodlar, loyiha asosidagi ta’lim, guruhlarda ishlash texnologiyalari, ijodiy topshiriqlar va muammoli vaziyatlarni hal etishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlarning samaradorligi ko‘rsatib o‘tilgan. Maqolada o‘quvchilarda mustaqil qaror qabul qilish, yangicha g‘oya ilgari surish, o‘z fikrini asoslash va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha metodik tavsiyalar ham berilgan. Natijada, boshlang‘ich ta’limda “4K” modelidan foydalanish o‘quvchilarni global ta’lim standartlariga mos ravishda tayyorlash, kelajak kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatga erishishlari uchun poydevor yaratishi asoslab berilgan.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-04-26
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务