遇见数据集

QORAQALPOG'ISTON DOLOMITINING KIMYOVIY TARKIBINI O'RGANISH

收藏
Zenodo2026-10-15 更新2026-10-29 收录
官方服务:

资源简介:

Muammoning kelib chiqishi. Sement ishlab chiqarishda energiya tejamkor magnezial bog‘lovchilardan foydalanish dolzarb muammolardan biridir. Jamansay konidan dolomitlar asosidagi magnezial bog`lovchi moddalarni olish va ularning xossalarini o`rganish. Dolomitning kimyoviy tarkibi EDX-7000P energiya dispersli rentgen floresan spektrometri yordamida amalga oshirildi, dolomit rudasi namunalarining fazaviy tarkibi rentgen fazali tahlil usuli yordamida o'rganildi. Rentgen fazasini tahlil qilish RIGAKU Dmax - 2200 yordamida amalga oshirildi. Ilmiy yangilik. Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Jamansoy konidan olingan dolomitning kimyoviy va mineralogik tarkibi, fizik-kimyoviy xossalari o‘rganildi. Olingan natijalar. Kimyoviy tahlil natijalariga ko'ra, namunadagi dolomit miqdori deyarli 99% ni tashkil qiladi. Termografik tahlil natijalariga ko'ra, dolomit dissotsiatsiyasining ikki bosqichining harorat diapazoni aniqlandi, dolomit dissotsiatsiyasining birinchi bosqichi 713-766 °C, ikkinchisi esa 780-820 °C oralig'ida ekanligi aniqlandi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-10-15
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务