SIBAVAYHNING "AL-KITĀB" ASARIDA QIYOS VA TA'LIL TAMOYILLARINING LINGVISTIK AHAMIYATI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada arab tilshunosligi tarixidagi eng muhim asarlardan biri bo‘lgan Al-Kitāb muallifi Sibavayh tomonidan ishlab chiqilgan qiyos (analogiya) va ta’lil (sababiyat) tamoyillarining lingvistik ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda Basra nahv maktabiga xos bo‘lgan ratsional metodologiya doirasida qiyosning grammatik qoidalarni umumlashtirishdagi, ta’lilning esa til hodisalarini mantiqiy asoslashdagi o‘rni yoritiladi. Maqolada Sibavayhning tilni empirik nutq namunalari (samā') bilan cheklanmasdan, ularni izchil nazariy tizimga solishga intilgani ko‘rsatib beriladi. “Al-Kitāb”dagi qiyos va ta’lil tamoyillari arab grammatikasining me’yoriy (normativ) fan sifatida shakllanishiga qanday ta’sir ko‘rsatgani ochib beriladi. Tadqiqot natijalari Sibavayhning metodologiyasi faqat o‘rta asr filologiyasi doirasida emas, balki zamonaviy nazariy va kognitiv lingvistika uchun ham muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qilishini ko‘rsatadi.



