UMUMIY O'RTA TA'LIM TIZIMIDA EKOLOGIK TARBIYANI AMALGA OSHIRISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada umumiy o'rta ta'lim tizimida ekologik tarbiyani amalga oshirishning ilmiy-nazariy asoslari tahlil qilinadi. Hozirgi davrda global ekologik muammolar insoniyat oldida turgan eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Shu sababli yosh avlodda ekologik ong va ekologik madaniyatni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada ekologik tarbiyaning mazmuni, uning ta'lim tizimidagi o'rni hamda ekologik ta'limning rivojlanish bosqichlari ko'rib chiqiladi. Shuningdek, umumiy o'rta ta'lim muassasalarida ekologik tarbiyani samarali tashkil etishning pedagogik jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalariga ko'ra, ekologik tarbiya o'quvchilarda tabiatga ongli munosabatni shaldlantirish, ekologik mas'uliyatni oshirish hamda atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan ijobiy xulq-atvormi rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi.



