MATERIAL XARAJATLARINI OBYEKT TANNARXIGA KIRITISHNING NAZARIY VA AMALIY JIHATLARI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada material xarajatlarini obyekt tannarxiga kiritishning nazariy asoslari hamda amaliy mexanizmlari kompleks tarzda tadqiq etilgan. Tadqiqot davomida ishlab chiqarish jarayonida material resurslaridan samarali foydalanish, ularni tannarx obyektlari bo‘yicha asosli taqsimlash va hisobga olishning iqtisodiy mazmuni ochib berilgan. Shuningdek, material xarajatlarini kalkulyatsiya qilishning zamonaviy usullari, ularning mahsulot tannarxiga hamda korxona moliyaviy natijalariga ta’siri ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Maqolada amaldagi buxgalteriya hisobi tizimi va ishlab chiqarish amaliyotida uchrayotgan muammolar, xususan material xarajatlarini noto‘g‘ri guruhlash, me’yorlardan chetlanish va xarajatlarni nazorat qilishdagi kamchiliklar o‘rganilgan. Tadqiqot natijasida material xarajatlarini obyekt tannarxiga kiritish jarayonini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Mazkur tavsiyalar ishlab chiqarish xarajatlari ustidan nazoratni kuchaytirish, mahsulot tannarxining aniqligi va ishonchliligini oshirish hamda korxonalarning iqtisodiy samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi.



