Bo'lajak o'qituvchilarning ma'naviy-axloqiy qadriyatlar tizimini rivojlantirishda "Husayn Voiz Koshifiy" asarlarining tutgan o'rni va ahamiyati
收藏资源简介:
Mazkur maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy-axloqiy qadriyatlarini shakllantirishda buyuk mutafakkir Husayn Voiz Koshifiy asarlarining o‘rni va didaktik ahamiyati tahlil qilingan. Koshifiyning “Maxzan-ul-asror”, “Ahloqi Muxsiniy”, “Futuvatnomayi sultoniy”, “Anvori Suxayliy”, kabi asarlarida ifoda etilgan axloqiy-falsafiy qarashlar, pedagogik g‘oyalari va insoniy fazilatlar targ‘iboti bugungi zamonaviy ta’limda, ayniqsa, o‘qituvchi shaxsini tarbiyalashda muhim manba bo‘lib xizmat qilishi yoritib berilgan. Maqolada Koshifiyning ilm, adolat, halollik, sabr-toqat, kamtarlik kabi yuksak axloqiy fazilatlarni tarbiyaviy vosita sifatida ilgari surgani, bu qadriyatlarning bo‘lajak pedagoglar ongida shakllanishi ta’lim samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ilmiy asoslangan holda ochib berilgan. Shuningdek, Koshifiyning g‘oyalari zamonaviy pedagogik yondashuvlar bilan uyg‘unlashtirilib, ularni ta’lim jarayonida qo‘llash imkoniyatlari tahlil etilgan.



