EKLEKTIK YONDASHUV YORDAMIDA TALABALARINING TINGLAB TUSHUNISH KO'NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH
收藏资源简介:
Ushbu tezisda eklektik yondashuv asosida talabalarining tinglab tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirish masalasi ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda turli metod va usullarni uyg‘unlashtirish orqali tinglab tushunish jarayonining samaradorligini oshirish imkoniyatlari yoritilgan. Xususan, kommunikativ metod, audiovizual vositalar, interfaol topshiriqlar hamda autentik materiallardan foydalanishning afzalliklari ko‘rib chiqiladi. Tezisda eklektik yondashuv talabalarning eshitilgan ma’lumotni anglash, asosiy g‘oyani ajratib olish, nutq tezligini qabul qilish va tinglangan matnga nisbatan mustaqil fikr bildirish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilishi asoslab berilgan. Shuningdek, zamonaviy ta’lim jarayonida tinglab tushunishni rivojlantirishda innovatsion pedagogik texnologiyalarning o‘rni ham tahlil etiladi. Tadqiqot natijalari eklektik yondashuvning chet tilini o‘qitishda samarali metodlardan biri ekanligini ko‘rsatadi.



