遇见数据集

YIRIK PANELLI BINOLARNING SEYSMIK XAVFSIZLIGINI TA'MINLASHDA SIRPANISH POYDEVORLARINING ROLI

收藏
Zenodo2026-09-29 更新2026-10-01 收录
官方服务:

资源简介:

Annotatsiya. Mazkur tezisda yirik panelli binolarning seysmik xavfsizligini ta’minlashda sirpanish poydevorlarining o‘rni va konstruktiv imkoniyatlari tahlil qilinadi. Zilzila vaqtida bino konstruksiyasiga uzatiladigan gorizontal dinamik ta’sirlarni kamaytirish, tebranish amplitudasini cheklash hamda konstruktiv elementlarda hosil bo‘ladigan inertsiya kuchlarini pasaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Sirpanish poydevorining ishlash mexanizmi, tayanch va bino orasidagi nisbiy harakat, ishqalanish kuchi hamda energiyaning dissipatsiyalanishi nazariy jihatdan ko‘rib chiqiladi. Yirik panelli konstruksiyalarda bunday tizimlardan foydalanishning afzalliklari, texnik cheklovlari va amaliy qo‘llash shartlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda sirpanish poydevorlarining seysmik yuklamalarni konstruksiyaga uzatishni kamaytirishdagi ahamiyati asoslanadi. Mazkur yondashuv binolarning zilzilabardoshligini oshirish, konstruktiv shikastlanishlarni kamaytirish va insonlar xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilishi mumkin.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-09-29
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务