ALISHER NAVOIY ASARLARINING INGLIZCHA TARJIMALARIDA EKVIVALENTLIK VA ADABIY TALQIN MUAMMOLARI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada buyuk mutafakkir Alisher Navoiy ijodiy merosining ingliz tilidagi tarjimalari tarjimashunoslikning zamonaviy metodlari asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi Navoiy doston va g‘azallarining inglizcha talqinlarida leksik-semantik muvofiqlik darajasini aniqlash hamda badiiy tasvir vositalarining berilishidagi muammolarni yoritishdan iborat. Maqolada G‘arb tarjimashunoslari (xususan, Christopher Fort, William Dirks) tomonidan amalga oshirilgan tarjimalar asl matn bilan qiyoslanadi. Tadqiqot davomida "Xamsa" dostonlaridagi murakkab tushunchalar, tasavvufiy ramzlar va milliy realiyalarni ingliz tiliga o‘girishda yuzaga keladigan transformatsiya jarayonlari o‘rganildi. Maqola yakunida Navoiy asarlarining adekvat tarjimasini yaratishda lisoniy va madaniy to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy takliflar keltirilgan.



