"TRENINGLARDA O'YIN VA ROLLI O'YIN METODLARIDAN FOYDALANISH"
收藏资源简介:
Ushbu maqolada trening jarayonlarida o‘yin va rolli o‘yin metodlarining psixologik ahamiyati va samaradorligi nazariy va empirik jihatdan tahlil qilinadi. Treninglarda o‘yin metodlari ishtirokchilarning motivatsiyasini oshirish, ijodiy fikrlash va kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish, stress va ichki zo‘riqishni kamaytirishga xizmat qiladi. Rolli o‘yinlar esa shaxslararo muloqot, empatiya va ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirishda samarali vosita sifatida qaraladi. Maqolada o‘yin va rolli o‘yin metodlarining psixologik asoslari, trening jarayoniga integratsiyalashuvi, turli yosh va guruh sharoitlarida qo‘llashning metodik jihatlari ko‘rib chiqilgan. Empirik tadqiqot natijalari o‘yin metodlari orqali trening samaradorligini oshirish, guruhiy faollik va ishtirokchi qoniqishini kuchaytirish mumkinligini tasdiqlaydi. Maqola natijalari treninglar va pedagogik-psixologik amaliyotda o‘yin va rolli o‘yin metodlaridan tizimli foydalanish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.



