遇见数据集

MA'RIFATPARVAR JADIDLAR FAOLIYATINI ANTROPOLOGIK YONDASHUV ASOSIDA O'QITISH TEXNOLOGIYALARINI TAKOMILLASHTIRISH

收藏
Zenodo2026-07-21 更新2026-08-01 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada oliy ta’limning pedagogika yo‘nalishlarida ma’rifatparvar jadidlar faoliyatini o‘qitish jarayonini antropologik yondashuv asosida takomillashtirish masalasi tadqiq etilgan. Tadqiqotning dolzarbligi shundaki, jadidchilik harakati va uning namoyandalari merosi ko‘pincha tarixiy-siyosiy yoki adabiy-estetik hodisa sifatida o‘rganilib, uning inson, jamiyat, ta’lim, ma’naviyat va madaniy taraqqiyotga oid qarashlarini zamonaviy pedagogik kompetensiyalar bilan integratsiyalash masalasi yetarlicha tizimli yoritilmagan. Maqolada antropologik yondashuv insonni ta’lim jarayonining markaziy subyekti sifatida qarash, tarixiy shaxs va davrni uning ijtimoiy-madaniy muhiti, dunyoqarashi, qadriyatlari hamda faoliyat motivlari bilan uzviy birlikda tahlil qilish imkonini beruvchi metodologik asos sifatida talqin etiladi. Tadqiqotda tarixiy-pedagogik tahlil, qiyosiy tahlil, tizimli yondashuv, kontent-tahlil, modellashtirish va pedagogik loyihalash metodlaridan foydalanilgan. Natijada “Tarixiy-madaniy kontekst — insoniy mazmun — pedagogik kompetensiya — amaliy faoliyat — refleksiv baholash” ketma-ketligiga asoslangan antropologik o‘qitish modeli taklif etildi. Model jadidlar merosini zamonaviy pedagogning tanqidiy fikrlash, kommunikativ, tadqiqotchilik, media va ma’naviy-axloqiy kompetensiyalari bilan bog‘lashga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari jadidlar faoliyatini o‘qitishni reproduktiv ma’lumot berishdan kompetensiyaga yo‘naltirilgan, muammoli, dialogik va refleksiv ta’lim jarayoniga aylantirish imkonini beradi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-07-21
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务