NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNI QABUL QILISH JARAYONIDA JAMOATCHILIK FIKRINI INOBATGA OLISH MEXANIZMLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish jarayonida jamoatchilik fikrini inobatga olish mexanizmlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida O‘zbekiston Respublikasida jamoatchilik muhokamasini tashkil etishning huquqiy asoslari, xususan, “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonun hamda regulation.gov.uz va lex.uz elektron platformalarining ahamiyati yoritib beriladi. Shuningdek, amaliy misol sifatida Yo‘l harakati to‘g‘risidagi qaror loyihasini jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish tajribasi ko‘rib chiqiladi. Ishda xalqaro tajribaga murojaat qilinib, Finlyandiyada amalga oshirilayotgan “Hearing the Citizens” loyihasi asosida fuqarolarning qonun ijodkorligidagi ishtiroki tahlil qilinadi. Bundan tashqari, O‘zbekistondagi regulation.gov.uz platformasi bilan Finlyandiyaning lausuntopalvelu.fi sayti o‘zaro taqqoslanib, ularning o‘xshash va farqli jihatlari ochib beriladi. Tadqiqot natijalari jamoatchilik fikrini inobatga olish mexanizmlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha xulosalar chiqarishga xizmat qiladi.



